27/09/2024

2024- yilning  yanvar-avgust oylarida Urganch shahrida faoliyat yuritayotgan 662 ta sanoat korxonasi tomonidan  2 566,2 mlrd so‘mlik mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 101,8  % ni tashkil qilgan.

Tarmoqlar kesimida tahlil etilganda, ishlab chiqarish umumiy hajmining  1 132,0 mlrd so‘mi ichimliklar ishlab chiqarish, 246,5 mlrd so‘mi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, 205,4 mlrd so‘mi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Jami sanoat mahsulotlari jami hajmining  33,6 % i yoki 863,0 mlrd so‘mi shaharda faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan.

 Axborot xizmati