26/09/2024

2024- yilning yanvar-avgust oylarida viloyat bo‘yicha hajmi 200,4 mlrd so‘mlik sog‘liqni saqlash xizmatlari ko‘rsatilgan.

O‘tgan yilning tegishli davri bilan solishtirilganda hajmning 8,1 % ga oshgani kuzatilgan.

Hududlar orasida sog‘liqni saqlash xizmatlarining yuqori hajmi Urganch shahri (120,4 mlrd so‘m), Urganch tumani (35,4 mlrd so‘m) va Xonqa tumani (6,6 mlrd so‘m) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 Axborot xizmati