Urganch shahrida 2024- yilning yanvar-avgust oylarida 823,5 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 6,1 % darajada qayd etildi. Bajarilgan qurilishlarning 47,0 % i kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ular tomonidan hisobot davrida 386,9 mlrd so‘mlik turli xil obyektlari qurilish ishlari bajarilgan.
Axborot xizmati