26/09/2024

Joriy yilning 25- sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajanov tomonidan Urganch shahridagi “Urganch-Baxmal” mas’uliyati cheklangan jamiyatida huquqiy targ‘ibot doirasida navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.


Tadbirda “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-707-sonli Qonuni (2021- yil 11- avgust) hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (2024- yil 4- martdagi) PQ-114- sonli Prezident qarorining mazmun-mohiyati haqida, statistik ma’lumotlarni olish va ulardan foydalanish, tadbirkorlik subyektlari tomonidan statistik hisobotlarni topshirish tartibi va talablari xususida korxona xodimlariga tushuntirishlar berildi.

Axborot xizmati