Shahar va tuman statistika idoralari mutaxassislari tomonidan hududlardagi raqamlanmagan xonadonlar, nomlanmagan ko‘chalar soni mahallalar kesimida o‘rganilib, monitoring qilinib, mahalliy hokimliklar, kadastr idoralari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda tegishli ishlar tashkil etilmoqda.
2024- yilning 25-26- sentabr kunlari ushbu tadbirlar davom ettirildi va mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullari bilan birgalikda joyiga chiqqan holda mavjud kamchiliklarni birgalikda bartaraf etish choralari belgilab olindi.
Axborot xizmati