2024- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi 2023- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 33,7 % ga kamaydi va 313,9 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Bu ko‘rsatkich umumiy savdo hajmining 3,7 % ulushiga to‘g‘ri keldi.
Yirik korxonalarning eng yuqori o‘sish sur’atiga ega hududlar:
Tuproqqal’a tumani – 145,6 %
Yangibozor tumani – 128,4 %
Bog‘ot tumani – 105,9 %.
Axborot xizmati