Viloyatimiz bo‘yicha 2024- yilning yanvar-avgust oylarida bajarilgan qurilish ishlarining 86,1 % i yangi qurilishlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,7 % ga ko‘paygan
Yangi qurilish ishlari ulushining yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha bo‘lgan:
2020- yilda – 70,6 %
2021- yilda – 78,9 %
2022- yilda – 76,3 %
2023- yilda – 73,7 %
2024- yilda – 86,1 %.
Axborot xizmati