2024- yilning 24- sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov Xiva shahridaning "Angarik " mahallasidan fuqaro Q.Salayev xonadonida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvini o‘tkazish jarayonida ishtirok etdi.
So‘rovnoma shaklida o‘tkazilgan o‘rganish ishlari davomida respondentdan olingan ma’lumotlar planshetga qayd etib borildi.
Ijtimoiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan mazkur kuzatuvlar uy xo‘jaliklari turmush tarzi holatini tahlil qilish uchun doimiy va ishonchli ma’lumotlar manbasi bo‘lib xizmat qiladi.
Axborot xizmati