O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 6,6 % ga oshgan
23/09/2024
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 42,7 mlrd AQSH dollariga yetgan.
Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 mlrd AQSH dollariga yoki 6,6 % ga oshgan.