23/09/2024

Joriy yilning 20- sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.


Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov seminar ishtirokchilarini  “Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2024- yil 11- sentabrdagi PF-136-sonli Prezident farmonining asosiy mazmun-mohiyati bilan tanishitirib o‘tdi.


Shu bilan bir qatorda seminarda  tarmoq va hududiy statistika bo‘limlari mas’ullariga yoqilg‘i-energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni, energiyadan oqilona foydalanish hamda bu borada energiya tejamkor qurilmalarni o‘rnatishning afzalliklarini targ‘ib qilish maqsadida tayyorlangan buklet  va videorolik namoyish etildi.

 Axborot xizmati