Joriy yilning 20- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo`limi boshlig‘i Nurov Abror Axatjon o‘g‘li tomonidan Xorazm viloyati statistika boshqarmasi hamda hududiy statistika bo‘limlari xodimlari uchun murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi nazorati tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda hukumat qarorlari ijrosi bo‘yicha bajarilayotgan ishlar, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash hamda ijro intizomi nazoratiga oid ma’lumotlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti haqida batafsil tushuntirib berildi.
Shuningdek, tadbirda Statistika agentligi tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari hamda ish yuritish va hujjatlar bilan ishlashda ijro intizomini mustahkamlash, xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 11- sentabrdagi "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘RQ-445-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 31- maydagi "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlashga qaratilgan qo‘shimcha ''chora-tadbirlar to‘g‘risida''gi PQ-5132-son qarorida belgilab berilgan vazifalar yuzasidan hududiy statistika bo‘limlari xodimlari bilan fikr almashildi.
Axborot xizmati