Joriy yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimizda 2 049,0 mlrd so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilgan va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,1 % ni tashkil qilgan.
Transport xizmatlarining umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlari 94,9 % ulush bilan ustunlik qildi.
Hududlar orasida transport xizmatlarining eng yuqori hajmi Urganch shahrida qayd etilgan va 469,5 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Mazkur hududda transport xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati 104,6 % ni tashkil qilgan.
Axborot xizmati