2024- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatda uyushmagan savdo tovar aylanmasi hajmi 1 681,9 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,7 % ga oshdi.
Hududlar bo‘yicha eng yuqori o‘sish Hazorasp tumanida kuzatilgan bo‘lib, 25,1 % ni tashkil qildi.
Tumanda ko‘rilayotgan davrda uyushmagan savdo tovar aylanmasi hajmi 183,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Axborot xizmati