17/09/2024

2024- yilning 16- sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasining hududiy bo‘lim mutaxassislari tomonidan umumta’lim maktablarida seminar tashkil etildi.

Urganch shahridagi  10- sonli, Urganch tumanidagi 36- sonli hamda Gurlan tumanidagi 9- sonli ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar aholini ro‘yxatga olish tadbirining targ‘ibotiga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida o‘quvchilarga muhim ma’lumotlar berib o‘tildi.


Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzuga doir savollariga javob berildi.

 

Axborot xizmati