13/09/2024

Joriy yilning 7 oyida Shovot tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 36,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan TSA hajmining o‘sish sur’ati 96,8 % ni tashkil etgan (3,2 % ga kamaygan).

TSA ning salmoqli qismi eksport hissasiga to‘g‘ri kelgan va 29,1 mln dollar yoki umumiy hajmning 78,8 %ini tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-iyul oylari bilan solishtirilganda eksport hajmi 68,1 % ga ko‘paygan.

Eksport tarkibida sanoat tovarlari (88,9 %), har xil tayyor buyumlar (8,1 %) va oziq-ovqat mahsulotlarining (1,7 %) ulushi yuqori bo‘lgan.

   Axborot xizmati