13/09/2024

2024- yilning  yanvar-iyul oylarida Xiva shahrida faoliyat yuritgan 274 ta sanoat korxonasi tomonidan 233,3 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Umumiy hajmning 95,8 % ulushi yoki 223,5 mlrd so‘mi ishlab chiqarish sanoati, 4,2 % i (9,8 mlrd so‘mi) suv  bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoati hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Hudud sanoatida mahsulotlarning 44,2 % i yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan.

 Axborot xizmati