Joriy yilning 13- sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan mamlakatimiz qonunchiligidagi yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati xususida ma’lumot berildi.
Xususan, shu yilning 15- avgustida qabul qilingan “Hududlarda sanoat salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-295-sonli Prezident qarorining mazmuni va maqsadi haqida to‘xtalar ekan, ushbu qaror hududlarda sanoatni jadal rivojlantirish va korxonalarning mavjud muammolarini hal etishda yangicha tizimni yaratishga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.
Shu bilan birga seminar davomida Konstitutsiya va qonunlarning davlatchiligimizdagi o‘rni, Asosiy Qonunga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar xususida ham ma’lumotlar berildi.
Axborot xizmati