11/09/2024

2024- yilning  yanvar-iyul oylarida Hazorasp tumanida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 742,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Savdo tovar aylanmasi umumiy hajmining 479,7 mlrd so‘mi yoki 64,6 % i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, 20,8 mlrd so‘mini yirik korxonalar, 129,2 mlrd so‘mini uyushmagan savdo tovar aylanmasi tashkil etgan.

Hazorasp tumanida 2024- yilning 1- avgust holatiga chakana savdoda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari soni 1 934 tani tashkil qilgan.

  Axborot xizmati