O‘zbekistonda internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni qancha?
09/09/2024
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024 -yilning 1- yanvar holatiga, internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni 30,1 milliontani tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,5 % ga oshgan.
Hududlar orasida internet tarmog‘iga ulanganlar soni:
Eng ko‘p abonentlar soni Toshkent shahrida - 6,3 mln
Eng kam abonentlar soni Sirdaryo viloyatida - 0,7 mln.