06/09/2024

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yil 1- yanvar holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislikdagi ayol shifokorlarning umumiy soni 49,6 ming nafarni tashkil etgan.
Ushbu ko‘rsatkich 2019- yilga nisbatan 5,3 ming nafarga oshgan.
Ayol shifokorlar (barcha mutaxassislikdagi) soni 2024- yil 1- yanvar holatiga:
2019- yil – 44,3 ming kishi;
2020- yil – 44,4 ming kishi;
2021- yil – 44,3 ming kishi;
2022- yil – 47,9 ming kishi;
2023- yil – 49,6 ming kishini tashkil etgan.


 

Matbuot xizmati