06/09/2024

2024- yilning yanvar-iyul oylari yakunlariga ko‘ra, viloyatimizda davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 168,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 3 339,7 mlrd so‘m qurilish ishlari bajarildi. Ularning viloyatdagi ulushi mos ravishda 4,8 % va 95,2 % ni tashkil etdi.

Nodavlat mulkchilikidagi tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmida eng yuqori ulush Urganch shahrida (ushbu hududdagi qurilish ishlari umumiy hajmining 20,3 %i), Urganch tumanida (14,5 %i) va Xiva tumanida (10,9 %i) qayd etildi.

 Axborot xizmati