2024- yilning yanvar-iyun oylarida Bog‘ot tumanida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 182,2 mlrd so‘mni tashkil etib, shundan 156,0 mlrd so‘mi markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan kiritilgan.
Markazlashmagan investitsiyalar tarkibida korxonalarning o‘z mablag‘lari 28,4 mlrd so‘mni, aholi mablag‘lari – 57,5 mlrd so‘mni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar – 67,5 mlrd so‘mni, bank kreditlari – 2,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Axborot xizmati