05/09/2024

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida viloyatimiz hududlarida statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.


O‘tayotgan haftada Urganch shahar statistika bo‘limi boshlig‘i Z.Muhammadiyeva tomonidan bir qator mahallalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida ayrim hududlarda raqamlashtirish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmaganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalarning mavjudligi aniqlandi.

Statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan o‘rganish natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha shahar hokimligiga doimiy ravishda axborot kiritib borilmoqda.

Axborot xizmati