Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning avgust oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 % ga qimmatlashgan.
Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik (2023- yil avgust oyiga nisbatan) o‘sish darajasi 10,5 % ni tashkil etgan.
2024- yilning avgust oyida istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,3 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,8 % ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,4 % ga oshgani kuzatilgan.
Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish obyektlarida 120 mingdan ortiq narxlar qayd etilgan.
420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.