04/09/2024

2024- yilning yanvar-iyul oylarida kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari hajmi 341,3 mlrd so‘mni tashkil etgan va o‘tgan yilning tegishli davri bilan taqqoslaganda 9,5 %ga oshgan.

Hududlar kesimida ushbu xizmat turining eng yuqori hajmi va o‘sish sur’ati Urganch shahrida qayd etilgan bo‘lib, 77,3 mlrd so‘m va 118,3 %ni tashkil qilgan.

Shuningdek, yuqori hajm Bog‘ot (39,2 mlrd so‘m), Xiva (26,0 mlrd so‘m) tumanlari va Xiva shahri (24,7 mlrd so‘m) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 Axborot xizmati