30/08/2024

2024- yilning yanvar-iyul oylarida jami 4 242,9 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 562,5 ming nafarga yoki 15,3 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

Qirgʻiz Respublikasi – 1 244,9 ming nafar;

Tojikiston – 1 240,9 ming nafar;

Qozogʻiston – 845,8 ming nafar;

Rossiya – 442,1 ming nafar;

Turkmaniston – 83,7 ming nafar;

Turkiya – 62 ming nafar;

Xitoy – 35,5 ming nafar;

Hindiston – 33,3 ming nafar;

Janubiy Koreya – 23,9 ming nafar;

Italiya – 19,5 ming nafar;

boshqa davlatlar – 211,2 ming nafar.

  Matbuot xizmati