28/08/2024

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimizda yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 462,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda qurilish ishlari hajmi 2023- yilning mos davriga nisbatan 39,9 % oshgan va ularning umumiy hajmdagi ulushi 2,8 % ga ko‘payib, 13,2 % ni tashkil etdi.

Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi eng ko‘p ulushi Urganch shahrida (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 45,7 %i), Xiva tumanida (14,5 % ) va Bog’ot tumanida (11,2 %) qayd etildi.

 Axborot xizmati