26/08/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Xonqa tumanida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 273,3 mlrd so‘mlik asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. 2023- yilning yanvar-iyuni bilan solishtirilganda umumiy hajm 17,8 %ga ko‘paygan. Markazlashmagan investitsiyalar tarkibida eng yuqori ulush aholi mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri kelgan va 101,1 mlrd so‘mni yoki           37,0 % ulushni tashkil qilgan.

Shuningdek, markazlashmagan investitsiyalar tarkibida:

korxona mablag‘lari – 80,5 mlrd so‘mni

to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan kreditlar – 85,6 mlrd so‘mni

bank krediti va boshqa qarz mablag‘lari – 6,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.

  Axborot xizmati