26/08/2024

Joriy yilning  26- avgust kuni Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialida  viloyatimizda aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik  bilan bog‘liq targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Xorazm viloyati statistika boshqarmasi mas'ul xodimlari, ta'lim muassasasi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.



Tadbirda boshqarmaning Ro‘yxatga olish jarayonlarini  tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i J. Bekchanov  tomonidan ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ko‘plab ma’lumotlar berib o‘tildi.

Tadbir yakunida mavzuga oid savollariga javob berildi.


Axborot xizmati