23/08/2024

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston bo‘yicha 161,4 ming dona yangi yengil avtomobillar Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Shundan:
 O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan – 86,2 % (139,1 ming dona);
 xorijda ishlab chiqarilgan – 13,8 % (22,3 ming dona).

2024- yilning 6 oyi davomida O‘zbekistonda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan 176 881 ta yangi avtotransport vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

 Matbuot xizmati