Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Gurlan tumanida 227 ta sanoat korxonasi tomonidan hajmi 398,1 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Sanoat ishlab chiqarishida quyidagi faoliyat turlari yuqori ulushga ega bo‘lgan:
to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – 68,9 %
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 18,8 %
mebel ishlab chiqarish – 2,3 %
mashina va uskunalardan tashqari metall buyumlar ishlab chiqarish – 1,9 %.
Axborot xizmati