Bugun, 23- avgust kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov seminar ishtirokchilarini “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-937-sonli, 2024- yil 5- avgust) hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Satistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-114-sonli Prezident qarorining asosiy mazmun-mohiyati bilan tanishitirib o‘tdi.
Shu bilan bir qatorda seminarda fevral oyida mamlakatimiz qonunchiligida qabul qilingan yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Axborot xizmati