22/08/2024

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston bo‘yicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yo‘l transporti orqali 36,1 mln tonna asosiy turdagi yuk tashilgan.

Temir yo‘l orqali tashilgan yuklar umumiy hajmida yuqori ulushga ega:

turli rudalar – 12,7 %;

neft yuklari – 9,3 %;

ko‘mir – 8,2 %;

qurilish yuklari – 5,9 %;

kimyoviy va mineral o‘g‘itlar – 5,3 %;

boshqa yuklar – 52,6 %.



 

Matbuot xizmati