22/08/2024

Statistika agentligi ma’lumotlariga asosan, 2024- yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 48,6 ming tonna baliq ovlangan.

Ushbu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,6 % ga o‘sgan.

Baliq ovlash umumiy hajmining eng yuqori ulushi Xorazm viloyati (17,4 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shu bilan birga, Toshkent (10,3 %), Jizzax (9,9 %) va Andijon (9,4 %) viloyatlarida ham baliq ovlashning yuqori ko‘rsatkichlari qayd etilgan.

 Matbuot xizmati