Urganch tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi joriy yilning yanvar-iyun oylarida 24,5 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 90,9 % darajada qayd etilgan.
TSA tarkibida eksport 12,4 mln dollarni, import 12,1 mln dollarni tashkil qilgan.
Hudud tashqi savdo tovar aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 74,0 % yoki 18,1 mln dollarni tashkil qilgan.
Xususan, shu yilning 6 oyida Urganch tumani MDH davlatlariga 9,8 mln dollarlik mahsulot eksportini amalga oshirgan bo‘lsa, ushbu davlatlardan qiymati 8,3 mln dollarlik mahsulotlarni import qilgan.
Axborot xizmati