21/08/2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikamizning doimiy aholisi  37 134,2 ming kishini tashkil etgan.

Respublikamizning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 % ga oshgan.

Mamlakatimiz aholisi 2024- yil boshidan buyon 334,5 ming kishiga ko‘paygan.

O‘zbekiston aholisi 2024- yilning har bir oyida o‘rtacha 55,7 ming kishiga oshgan.

2024- yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.



  

Matbuot xizmati