21/08/2024

2024- yil 1- avgust holatiga ko‘ra, viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 23 692 ta tijorat korxona va tashkilotlarining 14 303 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan MCHJ lar soni  1 075 taga oshgan.

Sohalar kesimida o‘sish sur’atlarining tahliliga ko‘ra eng yuqori ko‘rsatkichi yashash va ovqatlanishda – 132,4 %, sanoatda – 110,6 %, savdoda – 110,0 %, qishloq va o‘rmon xo‘jaligida – 109,2 %, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda – 103,8 %ni tashkil etdi.

 Axborot xizmati