21/08/2024

2024- yilning 21-avgust kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi mas’ullari hududiy statistika bo‘limi mutaxassislari bilan birgalikda bir qator hududlarda bo‘lib, bozor xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvini o‘tkazdilar.

Xususan, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari X.Egamov Urganch shahrida, U.Bardiyev Xonqa tumanida, Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi  bosh mutaxassisi Q.Matchanov Urganch tumanida bo‘lib, ular tomonidan kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilindi va olingan ma’lumotlar shaffof va haqqoniy holda planshet qurilmasiga kiritildi.

Axborot xizmati