20/08/2024

Yangibozor tumanida 2024- yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 559,9 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda  2,6 marta oshgan.

Investitsiyalar umumiy hajmining 554,3 mlrd so‘mi ya’ni  99,0 %i markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobiga kiritilgan mablag‘lar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Markazlashmagan investitsiyalar tarkibida:

korxonalarning o‘z mablag‘lari - 8,6 mlrd so‘mni

to‘g‘ridan –to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar -  444,8 mlrd so‘mni,

aholi mablag‘lari - 96,6 mlrd so‘mni,

bank kreditlari - 4,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.

 Axborot xizmati