Xonqa tumanida joriy yilning yanvar-iyun oylarida dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish hajmi 2023- yilning 2- choragiga nisbatan 18,4 %ga oshdi va 300,9 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Viloyat umumiy hajmida tumanning ulushi 10,4 %ga teng bo‘ldi.
Xonqa tumani viloyatda don va poliz mahsulotlari yetishtirishda yetakchilik qildi.
O‘tgan 6 oy yakunlariga ko‘ra, hududda yetishtirilgan don hajmi 46,6 ming tonnani, poliz ekinlari 2,9 ming tonnani tashkil etdi.
Axborot xizmati