16/08/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Yangiariq tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 275,5  mlrd so‘mni tashkil etgan.

2023- yilning shu davri bilan taqqoslaganda, savdo hajmi 4,5 %ga oshgan.

Savdo umumiy hajmining 0,5 %i yirik korxonalar, 83,8 %i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, 15,8 %i uyushmagan savdo hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, hisobot davrida tumanda 89,1 mlrd so‘mlik ulgurji savdo amalga oshirilgan, umumiy ovqatlanish korxonalari savdo hajmi esa 7,4 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

 Axborot xizmati