Joriy yilning 6 oyida Yangiariq tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 10,6 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
Shundan:
eksport – 6,1 mln dollar
import – 4,5 mln dollar.
TSA jami hajmining 27,4 %i MDH davlatlari, 72,6 %i boshqa xorijiy davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ko‘rilayotgan davrda tuman eksportida yuqori hajmni oziq-ovqat mahsulotlari tashkil etgan va 5,5 mln dollarga teng bo‘lgan, import tarkibida mashina va transport uskunalari hajmi 2,9 mln dollarni tashkil qilgan.
Axborot xizmati