16/08/2024

2024- yil  yanvar-iyun oylarida Bog‘ot tumanida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar umumiy hajmi 182,2 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 130,3 %ga yetgan.

Investitsiyalar hajmining 85,6 %i yoki 156,0 mlrd so‘mi markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobiga kiritilgan.

Markazlashmagan investitsiyalarning tarkibida:

korxonalarning o‘z mablag‘lari – 28,4 mlrd so‘mni

to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan kreditlar 67,5 mlrd so‘mni

aholi mablag‘lari – 57,5 mlrd so‘mni

bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari – 2,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.

 Axborot xizmati