Joriy yilning 16- avgust kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida hududiy statistika hamda tarmoq bo‘limlarning boshliqlari ishtirokida yangi qabul qilingan qonun va qarorlarning mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov xodimlarga “Probatsiya to‘g‘risida”gi (2024- yil 7- avgust, O‘RQ-938-sonli) O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “Mahallalarda aholi muammolarini aniqlash tizimini takomillashtirish to‘g‘isida”gi (2024- yil 6- avgust, VMQ- 486-sonli) Qarorining mazmun va mohiyati yuzasidan ma’lumot berdi.
Axborot xizmati