15/08/2024

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Yangibozor tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 18,9 mln AQSH dollarini tashkil etib, shundan 91,5 %i yoki 17,3 mln dollari eksport hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning mos davriga nisbatan eksport hajmi 19,1 %ga ko‘paygan.

Eksport tarkibida asosiy ulush oziq-ovqat mahsulotlariga to‘g‘ri kelib, hajmi 15,8 mln dollarni (jami eksportning 91,6 %ini) tashkil etgan.

 Axborot xizmati