14/08/2024

2024- yilning 6 oyida viloyatda 988 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan ularning soni 288 taga yoki 22,6 %ga kamaygan.

Viloyat bo‘yicha ajralishlar sonining o‘sishi faqat Tuproqqal’a tumanida kuzatilgan va 10,0 %ni tashkil qilgan.

Nikohdan ajralishlar sonining  2023- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan kamayishining eng yuqori darajasi Yangiariq (32,0 %) va Xonqa (24,0 %)  tumanlarida kuzatilgan.

 Axborot xizmati