13/08/2024

Yanvar-iyun oylarida savdo tarmog‘i yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibi qanday?

2024-yilning yanvar-iyun oylarida savdo tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulushi chakana savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ga to‘g‘ri kelib, 61,4 % ni tashkil etgan.  

Ulgurji savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ning ulushi 29,7 % ni, avtotransport vositalarining ulgurji va chakana savdosi hamda ularni ta’mirlashning ulushi 8,9 % ni tashkil qilgan.

 Matbuot xizmati