2024- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimiz bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 3138,7 milliard so‘mni yoki jami investitsiya hajmining 52,2 % ini tashkil etdi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalari eng yuqori hajmi Urganch shahrida - 762,3 mlrd so‘m, Xiva shahrida - 619,8 mlrd so‘m darajada qayd etildi.
Kichik tadbirkorlikning viloyat bo‘yicha jami investitsiyalar hajmidagi yuqori ulushi Xiva shahri (95,4 %) va Hazorasp tumanida (94,9 %) kuzatilgan.
Axborot xizmati