12/08/2024

2024-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, chet el investitsiyasi ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 13 880 tani tashkil etgan.

Shundan, 4 221 tasi qo‘shma va 9 659 tasi xorijiy korxonalardir.

Xorijiy davlatlar kapitali ishtirokida korxonalar soni quyidagicha:

Rossiya – 2 911 ta;

Qozog‘iston – 1 043 ta;

Tojikiston – 291 ta;

Qirg‘iz Respublikasi – 267 ta;

Ozarbayjon – 230 ta;

Belarus – 207 ta;

Turkmaniston – 186 ta;

Armaniston – 44 ta;

Moldova – 24 ta.

   Matbuot xizmati