Korrupsiya – har qanday davlat va jamiyatning taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan illat sanaladi. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi, statistika tizimida korrupsiyaviy omillarning oldini olish, ish faoliyatida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, xususan, seminarlarni tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Joriy yilning 09- avgust kuni viloyat statistika boshqarmasida tashkil etilgan seminar aynan shu mavzuga bag‘ishlandi.
Boshqarma yuristi I.Otajonov davlat statistika hisobotlarining E-stat 4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qabul qilinishining yo‘lga qo‘yilishi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarni bartaraf etish hamda davlat statistika hisobotlarini to‘liq va o‘z vaqtida qabul qilib olinishini ta’minlashini, bu o‘z navbatida statistik ma’lumotlarining sifati va ishonchliligini oshirishga qaratilganini ta’kidladi.
Shuningdek, huqquqiy targ‘ibot ishlari doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2024- yil 5- iyuldagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-sonli Qonuni hamda Prezidentning “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–228-sonli Qarorida (2024- yil 21- iyun) belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash masalalari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
Axborot xizmati